Asosiy menyu

Me'yoriy hujjatlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PROFESSIONAL TA’LIM

MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISHNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab professional ta’lim muassasalarida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tahsil oladigan o‘quvchilarni qabul qilish kvotalarini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari ikki xafta muddatda hamda 2021 yildan boshlab har yili 15 yanvarga qadar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari asosida mahalliy mehnat bozori ehtiyojlariga, o‘quvchilarning qiziqishlari hamda ish beruvchilarning buyurtmalariga asosan Professional ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga muvofiq o‘quvchilarni qabul qilish kvotalari bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi;

tizimida kollejlar, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlar bo‘lgan vazirliklar va idoralar ikki xafta muddatda hamda 2021 yildan boshlab har yili 15 yanvarga qadar o‘z ehtiyojlari, yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalari doirasida davlat grantlari asosida professional ta’lim muassasalarining qabul kvotalarini kasblar
va mutaxassisliklar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hududlar kesimida, professional ta’lim muassasalari, kasblar va mutaxassisliklar doirasida davlat grantlari bo‘yicha qabul kvotalarini O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi;

professional ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilar qabul qilinadigan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati mazkur muassasalarning o‘quvchi o‘rni va zaruriy moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tizimida kollejlar, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlar bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:

Bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilishni tashkil qilish bo‘yicha dasturiy ta’minotni 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar  hisobidan yaratish choralarini ko‘rsin;

2021 yil 1 yanvarga qadar oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni bitirgan o‘quvchilarni tamomlagan mutaxassisligi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasasiga suhbat asosida qabul qilish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini kiritsin;

Har yili 10 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamda yirik ish beruvchi muassasalarning asoslangan takliflari asosida Professional ta’limning yo‘nalishlari, kasblari va mutaxassisliklari klassifikatorini qayta ko‘rib chiqsin hamda zarur hollarda belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab davlat grantlari asosida belgilangan qabul kvotalari va kam ta’minlangan oilalardan o‘quvchilarni bepul asosda ta’lim olishlarini hisobga olgan holda davlat byudjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati to‘g‘risida” 2007 yil 17 maydagi 100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 5-son, 28-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A.Qo‘chqorov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U.Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.

 

 

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri

 

 A. Aripov

  

 

 

                         Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 715-son qaroriga

                                        ILOVA

Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga

qabul qilish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

 

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son farmoniga muvofiq abiturientlarni boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlarga) (keyingi o‘rinlarda – professional ta’lim muassasalari deb ataladi) o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Ushbu Nizom Adliya vazirligining yuridik kollejlariga tatbiq etilmaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

abiturient – professional ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul uchun hujjatlar topshirgan jismoniy shaxs;

apellyasiya komissiyasi – imtihon (yozma, ijodiy, test) natijalari bo‘yicha abiturientlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun professional ta’lim muassasasi o‘qituvchilari hamda tegishli fanlar bo‘yicha ekspertlardan tashkil etiladigan komissiya;

guruh (auditoriya) kuzatuvchisi – imtihon (yozma, ijodiy, test) o‘tkazish vaqtida ushbu Nizom talablari bajarilishini ta’minlash maqsadida abiturientlar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek, imtihon (yozma, ijodiy, test) o‘tkazish tartibini tushuntirish bo‘yicha abiturientlarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs;

qabul komissiyasi – har yili tashkil etiladigan va professional ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilishni va qabulga bog‘liq jarayonlarni tashkil etadigan komissiya;

hujjatlar yig‘ma jildi – abiturient tomonidan professional ta’lim muassasalariga topshiriladigan hujjatlar to‘plami;

bino rahbari – imtihon (yozma, ijodiy, test) ushbu Nizom talablariga muvofiq qat’iy o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek, kuzatuvchilar va abiturientlarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazoratni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs;

imtihon komissiyasi – imtihon (yozma, ijodiy, test) o‘tkazadigan va javoblarini xolis tekshiradigan va baholaydigan komissiya;

qabul kvotasi – Davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan o‘quvchilar qabul qilish rejasi;

tizimida professional ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlari asosida tegishli professional ta’lim muassasalari boshqaruv huquqi bilan berilgan yuridik shaxs;

ekspert guruhi – imtihon (yozma, ijodiy, test) savollarini tuzish maqsadida tashkil etiladigan guruh.

5. Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tizimida professional ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik
va idoralar, ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etiladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

6. Kam ta’minlangan oilalardan abiturientlar qabul kvotalaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Davlat komissiyasi) tomonidan maxsus ajratilgan o‘rinlarga qabul qilinishi mumkin. Ushbu o‘quvchilarning o‘qishi qonun hujjatlariga muvofiq davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.

7  Imkoniyatlari cheklangan abiturientlar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan professional ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyalari xulosalari va yo‘llanmalari asosida qabul qilinadi. Mazkur professional ta’lim muassasalari har bir guruhi uchun qabul ko‘rsatkichlari 15-20 nafar o‘quvchilar doirasida belgilanadi.

CHet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hujjatlarini Professional ta’lim muassasalariga qabul qilish va ularni o‘qitish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

8. Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun quyidagi hujjatlardan iborat abiturientlarning hujjatlar yig‘ma jildi shakllantiriladi:

mutaxassisligi yoki kasbi, o‘qitish tili, ta’lim muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rsatgan holda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;

pasport yoki tug‘ilganlik xaqidagi guvohnoma nusxasi;

kasb-hunar maktablari uchun umumiy o‘rta ta’limni (9-sinf negizida), kollejlar va texnikumlar umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki professional ta’lim yoki oliy ta’lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asli va nusxasi;

3,5 x 4,5 sm o‘lchamli 6 ta rangli fotosurat;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyalari tomonidan (imkoniyati cheklangan shaxslar uchun) berilgan xulosalari va yo‘llanmalar;

Kasb-hunar maktabiga qabul qilish to‘g‘risidagi arizasining “O‘zim haqimda qo‘shimcha quyidagilarni ma’lum qilaman” ustunida hujjatlar bilan tasdiqlovchi holatlar (I va II guruh nogironi, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchisi, kam ta’minlangan oiladan) qayd etiladi.

9. Professional ta’lim muassasalariga abiturientlarni yozma (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi mazkur nizomning 5-ilovasiga, professional ta’lim muassasalariga abiturientlarni saralash test sinovlari orqali qabul qilish tartibi mazkur nizomning 6-ilovasiga muvofiq o‘tkazilishi mumkin.

 

2-bob. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini Kasb-hunar maktablariga o‘qishga qabul qilish

1-§. Abiturientlarning hujjatlarini kasb-hunar maktablariga topshirish va qabul qilishni tashkil etish 

10. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar maktablariga tuman (shahar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlar tomonidan tavsiyalari asosida tegishli kasblar bo‘yicha o‘qishga qabul qilish prinsipiga asoslanadi.

11. Har yili 10 martga qadar tuman (shahar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlarida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari bilan hamkorlikda kasb-hunar maktablarida ta’limni davom ettirishi mumkin bo‘lgan 9-sinf bitiruvchilari va ularni ta’lim oladigan kasblari to‘g‘risida ma’lumotlar shakllantiriladi.

SHakllantirilgan ma’lumotlar asosida har bir kasb-hunar maktabiga o‘qishga boradigan 9-sinf bitiruvchilari ro‘yhati tuman (shahar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan holda tegishli kasb-hunar maktablariga har yili 10 aprelga qadar taqdim etiladi.

Mazkur ro‘yhatga kiritilgan 9-sinf bitiruvchilarini keyinchalik bandligini ta’minlash Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bo‘linmalari, mahalliy hokimliklar va tegishli ish beruvchilar tomonidan hal etiladi. Bunda ularga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarining imtiyozli kreditlari ham yo‘naltirilishi mumkin.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari boshqa tuman (shahar)lardagi kasb-hunar maktablariga o‘qishga kirish istagi mavjud bo‘lgan hollarda ushbu masala tegishli Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan tuman (shahar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari bilan kelishilgan holda hal etiladi.

12. Har yili kasb-hunar maktablariga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida birinchi navbatta Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan ro‘yhat asosida va qolgan bo‘sh o‘rinlarga o‘qish istagidagi boshqa 9-sinf bitiruvchlari o‘qishga qabul qilinadi.

14. Kasb-hunar maktablariga joriy yilda umumta’lim maktablarining
9-sinfini bitirgan o‘quvchilar o‘qishga qabul qilinadi.

15. Abiturientlarning hujjatlar yig‘ma jildi har yili 20 iyundan boshlab 30 iyungacha (shu kuni ham) abiturientlar va ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida tegishli umumta’lim maktabi direktorining buyrug‘i asosida belgilangan mas’ul xodim kasb-hunar maktabi direktoriga shaxsan topshiriladi

16. Abiturientlar hujjatlar yig‘ma jildi to‘liq taqdim etilsa kasb-hunar maktabi direktori abiturientning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

17. Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugaganidan so‘ng abiturientlarning hujjatlar yig‘ma jildiga qo‘shimchalar
va o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan taqiqlanadi.

18. Abiturientlarning hujjatlar yig‘ma jildining qalbakiligi yoki soxtaligi aniqlansa, u holda abiturient hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuboriladi.

19. Abiturientning hujjatlari qabul qilinganligi to‘g‘risida umumta’lim maktabi va kasb-hunar maktabi direktorlari tomonidan to‘rt nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.

Dalolatnomaning nusxalari Xalq ta’limi vazirligining tuman (shahar) bo‘linmalarida va Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, umumta’lim maktablari hamda kasb-hunar maktablari direktorlarida saqlanadi.

21. Hujjatlar yig‘ma jildini abiturientlar yoki ularning ota-onalariga (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) berib yuborishga yoki tegishli umumta’lim maktabi direktorining buyrug‘i asosida belgilangan mas’ul xodimdan tashqari boshqalardan hujjatlar yig‘ma jildini qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

22. Kasb-hunar maktablariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.  

2-§. Abiturientlarni kasb-hunar maktablariga o‘qishga qabul qilish

23. Abiturientlar kasb-hunar maktablariga tasdiqlangan qabul ko‘rsatkichlari doirasida tushgan arizalar asosida teng shartlarda qabul qilinadi.

kasb-hunar maktablari direktorlari har yili 5 iyulga qadar umumta’lim maktablari direktorlaridan qabul qilingan abiturientlar hujjatlarining yig‘ma jildlari asosida kasb-hunar maktablarining tasdiqlangan qabul ko‘rsatkichlariga muvofiq abiturientlarni qabul qilish bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtiradi.

25. Kasb-hunar maktablariga abiturientlarning arizalari qabulning tasdiqlangan ko‘rsatkichlaridan ortiq tushgan taqdirda kasb-hunar maktablari direktorlari uch ish kuni mobaynida Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga ma’lumot kiritadi.

26. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi har yili 10 iyulga qadar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari taqdim etgan o‘quvchilar kasb-hunar maktablariga qabul qilishga oid ma’lumotlarni tahlil qiladi va Davlat komissiyasiga abiturientlarni qabul qilish imkoniyati va smena koeffitsientini hisobga olib qo‘shimcha o‘rin ajratish yoki ayrim hollarda kasb-hunar maktablarining har biri bo‘yicha abiturientlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritadi.

27. Davlat komissiyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kiritilgan taklifni har yili 15 iyulga qadar ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

28. Davlat komissiyasining tegishli qarori bilan qo‘shimcha o‘quvchi o‘rinlari ajratilgan kasb-hunar maktablarida abiturientlarni qabul qilish har yili 20 iyulga qadar teng shartlarda amalga oshiriladi.

29. Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, tanlov tashkil qilinadigan kasb-hunar maktabida abiturentning tanlagan kasbi bo‘yicha har yili
1 avgustga qadar imtihon (yozma, ijodiy, test) o‘tkaziladi.

30. Imtihon (yozma, ijodiy, test) natijasida tanlovdan o‘tmagan abiturientlar to‘g‘risida ma’lumotlar Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalariga imtihon yakunlangandan so‘ng, 5 ish kuni mobaynida taqdim etiladi.

31. Abiturientlarni kasb-hunar maktablariga qabul qilish bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirish qoidaga ko‘ra, har yili 15 avgustga qadar amalga oshiriladi.

32. Abiturientlar kasb-hunar maktabi o‘quvchilar safiga belgilangan tartibda qabul qilingandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosasiga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

33. Belgilangan tartibda tanlovdan o‘tmagan abiturientlarning hujjatlari har yili 20 avgustga qadar o‘quvchining o‘zi o‘qigan umumta’lim maktabiga o‘tkaziladi va dalolatnomasi asosida rasmiylashtiriladi.

Dalolatnoma nusxalari tuman (shahar) xalq ta’lim bo‘limlari va Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarida, umumta’lim maktabi hamda kasb-hunar maktablari direktorlarida saqlanadi.

34. Mazkur jarayon Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) Xalq ta’lim bo‘limlari tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.

35. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari abiturientlarni kasb-hunar maktablariga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uch ish kuni ichida umumlashtiradi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga kiritadi.

Hujjatlarni rasmiylashtirish, statistik hisobotlarni tayyorlash, tahlil o‘tkazish, tashkiliy va nizoli masalalarni hal etish, qoidaga ko‘ra, har yili
25 avgustga qadar yakunlanadi. Qabul qilingan o‘quvchilar to‘g‘risidagi yakuniy hisobotlar Davlat komissiyasiga kiritiladi.

Top